“Valensiya” “Real” hujumchisi Raul de Tomasni xarid qilmoqchi, deb yozadi “Football Espana”.
Ma'lumotlarga ko'ra, “ko'rshapalaklar” 23 yoshli hujumchini yozda sotib olmoqchi.
De Tomas joriy mavsumni Segundada “Rayo Valekano”da ijara asosida o'tkazmoqda. 23 yoshli futbolchi joriy mavsumda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi. Uning “Real” bilan shartnomasi 2019 yil yozigacha mo'ljallangan.