Bugun Kardiffdagi "Millenium" stadionida "Real" va "Yuventus" o'rtasida EChL finali uchrashuvi bo'lib o'tadi. Buning uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.
Sky News xabariga ko'ra, 2000 dan oshiq politsiyachi Uels poytaxtidagi tartib-intizomni nazorat qiladi.
Shaharga 170 ming muxlis tashrif buyuradi. Xabarlarga ko'ra, futbol ishqibozlari dam olish kuni Kardiffda 45 mln evro sarflaydilar.
Fianl uchrashuvi jonli efirda dunyoning 200 mamlakatiga translyatsiya qilinadi, televizion auditoriya 350 mln kishi tashkil qiladi.