“Real” klubi yozda yana bir futbolchini xarid qilishga urinib ko'radi.
“El Mundo Deportivo”ga ko'ra, “qirollik klubi” “Valensiya” yarim himoyachisi Karlos Solerga qiziqib qolgan. 21 yoshli futbolchining transfer narxi 80 mln evroga teng. Biroq “Real” narxni tushirish uchun transferga Markos Lorente, Ashraf Xakimi, Dani Sebalos yoki Borxo Mayoraldan birini qo'shmoqchi.
Soler joriy mavsumda 28 ta o'yinda 1 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.