Ayni paytda Iskoning “Real”da unchalik ishlari yurishmayapti.
“Don Balon” nashri bunda futbolchining sevgan qizi Sara Salamoni aybdor qilib ko'rsatdi. Nashrning yozishicha, Saraning hayot tarzi aqldan ozar darajada va bu Iskoga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
O'z navbatida Sara tvitterdagi sahifasida bunga quyidagicha javob qaytardi: “Salom, “Don Balon”. Agar sen meni va Iskoni tinch qo'ysang, juda minnatdor bo'lardik. Aks holda qonun doirasida ish ko'rishga majbur bo'laman”.