"Real" klubi Ispaniya chempionatining 30-turida "Las-Palmas"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, turli jarohatlari bor bo'lgan o'yinchilar Karim Benzema, Luka Modrich, Kiko Kasilya va Luka Zidan to'p bilan ishlashga kirishganlar. Markos Lorente, Teo Ernandes, Naso va Lukas Vaskes maydonda yugurish mashqini baarishgan.
Argentina bilan o'yinda (6:1) xet-trik muallifi bo'lgan Isko trenajyor zalida yakka holda shug'ullangan.