Sobiq "Real" futbolchisi Roberto Karlos vatandoshi Neymarni jahonning eng yaxshi futbolchisi reytingidagi o'rni haqida gapirib o'tdi.
"O'ylashimcha, Neymar "PSJ"ga o'tib to'g'ri qildi. U dunyoning eng kuchli futbolchisi bo'lmoqchi ekan, "Barselona"dan ketishi kerak edi, chunki u yerda Messi bor.
U shuni tushinishi kerak, hozircha Messi va Ronalduda hammasi joyida ekan, u uchinchi o'rindan qoniqib turishi kerak. Uning jarohati, buni qabul qilish zarur. Biz braziliyaliklar juda diniymiz. Buni tasodifga yoyimayman. Endi Neymar jarohatidan qutilib bundanda ko'proq mehnat qilishga harakat qiladi", - deydi Karlos.
Bobojonov