"Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus EChL finalida "Real" bilan uchrashuvda "Yuventus"ni favorit hisoblamoqda.
"Yuventus" - "Real" — muxlislar kutgan final. Ikki buyuk klubning to'qnashuvi. Men "Yuventus"ni favorit ko'ryapman. Jamoalar orasidagi farq shundaki, turinliklarda ancha moslashuvchan jamoa bor.
Madrid grandi qiyin savollarda hozirjavob emas. "Yuventus"ning chempionlar ligasi pley-offidagi o'yinlarini ko'rsangiz, unda hammasi boshqacha ekanligiga guvoh bo'lasiz. "Barselona" va "Monako"ga qarshi o'yinlarda turinliklar o'yinlarini o'zgartira olishi mumkinligini ko'rsata olganlar. Bu musobaqada Kellini, Bonuchchi, Bartsali va Buffon kabi himoyachilar yig'ilgan himoya eng kuchli himoya bo'ldi. "Yuventus" 12 uchrashuvda 3 ta gol o'tkazdi, bu - fenomenal.
"Yuventus" faqat himoyadagina yaxshi emas. Bu jamoa hujumni ham juda yaxshi tanlaydi. Turinliklar madridliklarga qaraganda jipslashib harakat qila oladilar. "Yuventus" maydonda bir jamoa bo'lib o'ylaydi va ishlaydi. "Real" kuchli, ammo "Yuventus" undan ham kuchliroq", - deydi Matteus.