Braziliyalik futbolchi Vinisius Junior o'zini Neymarga qiyoslashlarini ma'qul ko'rmadi.
Ijara asosida "Flamengo" tarkibida yurgan "Real" hujumchisi Vinisius Junior Goal.com nashriga intervyu berib o'tdi.
"Taqqoslashlarni yoqtirmayman, lekin men hamisha Neymarga ergashdim uningdek bo'lishni istadim. Ammo men yana bitta Neymar bo'lishni xohlamayman, men o'z kareramni qurmoqchiman. Mening orzuim Libertadores kubogini yutish va Braziliya chempioni bo'lish", - deydi Junior.
Bobojonov