“Real” “Roma” posboni Alisson Bekker uchun Kovachichni bermoqchi.
“Corriere dello Sport”ning yozishicha, “qaymoqranglilar” anchadan beri Bekkerga qiziqishyapti. “Roma” esa 23 yoshli xorvatning xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. Shundan kelib chiqib “Real” Bekker uchun Kovachichni bermoqchi va agar vaziyat taqozo qilsa Rim klubiga ma'lum miqdorda pul ham to'lamoqchi.
Ma'lumot uchun, Kovachich o'yin amaliyoti kamligi tufayli “Real”dan ketish niyatida.