“PSJ” hujumchisi Neymar jamoadan maoshini oshirishni talab qilmoqda.
Braziliyalik jurnalist ayol Izabel Pagliyarining aytishicha, Parij klubi Neymarning “Real”ga o'tishi haqidagi gap-so'zlar ko'paygach, hujumchining maoshini oshirishga tayyor bo'lib turibdi. Neymar yiliga soliqlardan tashqari 37 mln evro maosh olmoqchi.