“Real” a'zosi Isko faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Unga “Manchester Siti” qiziqish bildiryapti.
“The Sun” nashrining yozishicha, “shaharliklar” 25 yoshli futbolchi uchun 85 mln evro berishga tayyor. Bu xarid amalga oshsa, klub tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Ayni damda “Manchester Siti”ning rekord xaridi 2015 yilda “Volfsburg”dan 76 mln evroga sotib olingan De Bryuyne bo'lib turibdi.