Xabaringiz bor, “Sevilya” himoyachisi Kleman Langlega “Real” va “Barselona” qiziqish bildirayotgandi. Futbolchi qaysi klubni afzal bilishini ma'lum qildi.
Ispan nashrlarining yozishicha, 22 yoshli futbolchi, aslida, klubini almashtirmoqchi emas. Ammo agar yuqoridagi ikkita klubdan birini tanlashga to'g'ri kelib qolsa, Langle “Barselona”ni tanlaydi. Chunki u o'z kuchini “Kamp Nou”da sinab ko'rishni istaydi.