Men har doim yaqin o'tmishga sayohat qilishni ma'qul ko'rardim, keling bu safar uzoq o'tmishga bir zumgagina qaytib ko'ramiz. Mamlakatimiz tarixida qadimda juda ko'p taxt talashishlar, davlat to'ntarilishlari, aka-uka o'rtasida taxt uchun kurashlar bo'lib o'tgan. O'sha mashxur alloma, yulduzshunos olim Mirzo Ulug'bek davriga bir ko'z yugurtirib ko'rdim. O'sha davrda buyuk allomamiz Mavorounnahrni 40 yil idora qilgan, bu esa uni qanchalik buyuk sarkarda bo'lganiga bir misoldir. Mirzo Ulug'bekning ikki o'g'il farzandi bor edi. Katta o'g'li Abdulatif va kichik o'g'li Abdulaziz. Mirzo Ulug'bekning farzandlari o'z otasiga juda mehribon farzand bo'lib yetishadilar. Lekin katta o'g'li Abdulatifning ko'zlari oddiy bir sabab tufayli qora kukunga to'ladi. Yani uning nomi g'alaba to'g'risidagi xabarlarda chet mamlakatlarida ukasi Abdulaziz nomidan keyin qo'yilgani, uning ismi ukasining ismidan keyin tilga olinganidan va otasi Ixtiyoriddin qal'asidan xazinani olib qo'yganligi uchun o'z otasi va ukasiga qarshi urush ochadi. Avval Abdulatif o'z otasi Mirzo Ulug'bekning qotiliga aylanadi, keyinchalik esa taxtga undan boshqa davogar qolmasligi uchun Abdulazizni ham o'limiga sababchi bo'ladi. U taxtga o'tiradi, biroq oradan ko'p vaqt o'tmaydi. Oradan olti yarim oy o'tgach Mavorounnahr aholisi Abdulatifga qarshi qo'zg'alon ko'tarishadi, bu katta davlat to'ntarilishi edi. Abdulatif xalq tomonidan o'ldiriladi va unga Padarkush laqabi qo'yiladi.
Bunday holatlat tarixda juda ko'p kuzatilgan, juda ko'plab davlatlar tarixida bu kabi hodisalar ro'y bergan. Buni qarangki futbolda ham ko'p yillar o'tib katta to'ntarilish sodir bo'lish arafasida turubdi, qo'zg'alon ko'tarilib bo'lingan, biroq hali to'ntarilishga yuz tutgani yo'q futbol. O'sha allomamiz bir o'zi taxtni boshqargan bo'lsa futbol taxtida esa ikki qirol bor. Shu ikki qirolga qarshi taxt vorislari yoppasiga bosh ko'tarishdi, maqsad esa shu ikki qirolni taxtdan tushirib yuborish va taxtga ega chiqish. Taxtda o'sha sizu-bizga ma'lum va mashxur ikki qirol Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi, taxt vorislari yani davogarlar esa...