“Manchester Yunayted” yozda “Real” a'zosi Garet Beylni xarid qilish uchun yaxshigina pul sarflashga tayyor.
Ispan nashrlarida yozilishicha, “qizil iblislar” uelslik futbolchi uchun 80 mln evro berishmoqchi. “Real” esa 28 yoshli futbolchini 100 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ma'lumot uchun, Beyl joriy mavsumda 29 ta o'yinda 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.