"Manchester Yunayted" klubi "Real" bilan madridliklar futbolchisi Garet Beylning transferi borasida muzokara boshladi, deya xabar beradi The Independent.
Manbaga ko'ra, madridliklar futbolchiga bo'lgan taklifni ko'rib chiqishga tayyor, klublar 27 yoshli futbolchining transferini muhokama qildilar. Beylning o'zi jamoadoshlariga "MYu" - "Real"ni tark etishiga sabab bo'ladigan yagona jamoa kanini aytgan.
Beyl "Real"ga 2013 yilda "Tottenhem"dan kelib qo'shilgan.