"Real" himoyachisi Nacho Fernandes Gaol.com portaliga intervyu berib o'tdi.
"Real" men uchun hamma narsa. Boshqa odamlar mening o'rnimda bo'lganida boshqa narsalarni tanlagan bo'lar edi. Misol uchun, 2016-yil. O'sha yili menda jamoadan ketish yoki qolish borasida qaror qabul qilishim kerak edi, chunki kam o'yin amaliyotga ega bo'layotgan edim.
Biroq men rahbarlar bilan gaplashdim, Zidan bilan ham, ular menga ishonishini aytishdi. Bu yerdan ketish juda oson, lekin men qolishni istadim. Dastlab kam amaliyot bo'ldi biroq keyinchalik eng yaxshi qaror qilganimni tushindim. Men jamoam bilan yana 2 ta Chempionlar Ligasi kubogini yutdim, undan keyin 70 ga yaqin o'yin o'tkazdim, Ispaniya terma jamaosiga uzluksiz ravishda jalb qilinayapman. Endi esa faoliyatimni "Real"da tugatishni xohlayapman", - deydi Nacho.
Bobojonov