Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi Rul Gullit "Yuventus" - "Real" uchrashuviga taxminini aytdi.
Ta'kidlash joiz gollandiyalik mutaxassis o'tgan yilgi EChL finalida "Real"ning "Atletiko" ustidan g'alabasi hisobini aniq topgan (1:1, penaltilar bo'yicha - 5:3).
"Salom, men Rud Gullitman. O'tgan yili EChL finalining hisobini to'g'ri topgan edim, shuning uchun bu yil ham mendan yana taxmin qilishimni so'rashdi. Taxminim: "Yuventus" 2:1ga yutadi. Men bunga imzo ham qo'yib berishim mumkin", - deydi Gullit.