"Madrid" yarimhimoyachilari Dani Sebalyos qishda "Betis"ga ijaraga asosida ketishni xohlaganini tasdiqladi.
"Ochig'i, men ko'proq o'yin amaliyotiga muxtojman. Men ishlashda davom etmoqchiman va murabbiy menga o'zimni ko'rsatishga imkon berganida men o'zimni ko'rsatish uchun qo'ldan kelgan hamma ishni qilaman. Qishda meni "Betis" ijaraga olmoqchi edi, bu to'g'ri. Ammo men "Madrid"da qolishni istadim. Mavsum yakunlangach hamma narsa sodir bo'lishi mumkin, ammo meni klub bilan shartnomam bor va hech kim mening orzuyimni yo'qqa chiqara olmaydi", - deydi Sebalyos.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli xavbek ushbu mavsumda 19 o'yinda (715 daqiqa) 2 ta gol kiritgan.
Bobojonov