"Manchester Siti" klubi "Real" yarihimoyachisi Iskoga qiziqmoqda va yozda uni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
AS xabariga ko'ra, Iskoning transferiga "shaharliklar"ning bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shaxsan qiziqmoqda. Mutaxassis futbolchini "Malaga"da o'ynagan chog'idan yaxshi biladi. "Siti" uning uchun 86 mln evro to'lashga tayyor.
25 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 25 uchrashuv o'tkazdi va 5 ta gol urdi.