"Oser" klubining sobiq bosh murabbiyi Gi Ru "Real" hujumchisi Karim Benzemaning Frantsiya terma jamoasiga chaqirilmayotgani xususida gapirdi.
"Men halq ichidagi odamman. Men bozorga, barga boraman, frantsuzlarni tinglayman. Biz - irqchilarmiz. Benzemaning terma jamoaga chaqiohrilmagnini 70 foiz odam qo'llab-quvvatladi.
Biz 8 yl davomida uning "Real"dagi o'yinlarini kuzatib kelyapmiz, uning aqlbovar qilmas o'yinchi ekanini ko'rib turibmiz. Benzemani faqat "Marseleza"ni kuylamasligi uchun tanqid qiladilar.
Desham va FFF prezidenti Noel Le Gre - irqchi emaslar, ammo ular odamlarni terma jamoaga qarshi qo'ymaslik uchun Benzemani chaqirmay, pragmatik ekanliklarini ko'rsatib qo'ydilar. Benzema bilan Evro-2016 da boshqacha bo'lishi mumkin edi. Jamoa yaxshi o'ynadi, ammo chempion bo'la olmadi.
Hozir yaxshi yosh o'yinchilar shahar atrofida o'ynayaptilar. Agar hamma musulmonlarni olib tashlasak, ligada 7 ta jamoa qoladi.
Grizmann Frantsiya prezidentligiga nomzodlarni bilmadi? Hayron qolarli joyi yo'q, u Ispaniyada yashagan va yashayapti. Benzema sa biladi. U lionlik ajoyib yigit. Men u bilan suhbatlashganman", - deydi Gi Ru.