"Real"ning 34 yoshli himoyachisi Pepe "PSJ"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar tarqatdi Cadena SER radiosi. Manbaga ko'ra, futbolchi va klub o'rtasida muzokaralar o'zining yakunlovchi pallasiga kirgan.
Portugaliyalik futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum so'ngida oxiriga etadi. Shu bois, Pepe parijliklar safiga erkin agent sifatida qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Pepe "Real"dan yangi shartnoma bo'yicha taklifni oxirgi soniyaga qadar kutishini ta'kidlagandi. Biroq himoyachi "Madrid"da qolishdan umidini uzgan ko'rinadi.