Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "Agar "Granada"ni oson mag'lub etamiz desak, xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz"

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La Liganing 36-turidan o'rin olgan "Granada"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

.
- Yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La Liganing 36-turidan o'rin olgan "Granada"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

 "Biz o'zimiz uchun bu qanday muhim o'yinligini tushunishimiz kerak va agar biz bu o'yin oson kechadi, deb o'ylasak, xato qilgan bo'lamiz. U qadar ko'p o'yin qolmadi va 3 ochko biz uchun mutloq hal qiluvchi omil bo'ladi. Biz doim qiladigan ishimiz - imkon boricha kuchliroq o'ynashga, maydonda o'zimizni bor kuchimizni berib o'ynashga va qiladigan ishimizni davom ettirishga harakat qilamiz".

"Granada"ni o'ynashidan maqsadi yo'q va bu yanada qiyinlashtiradi. Ular "Real Madrid"ga qarshi o'ynashadi va ularda bir nechta malakali o'yinchilar bor. Biz bu mavsum yomon bo'ldi, deb aytishimiz mumkin, chunki ular jadvalda pastga tushib ketishdi, lekin ular yil davomida Primerada bo'lishga loyiqligini ko'rsatib kelishdi. Biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqchimiz va qo'limizdan kelgan barcha ishni qilmoqchimiz".

"Biz hech narsa yutmadik. Biz sovrin yutishimiz mumkin, balki yutmasdirmiz. Biz biladigan barchasi - bu har kuni qiladigan ishimizni barchasini yakuniy o'yinni oxirgi daqiqasigacha qilishimiz kerak. Mana biz nima qilishni xohlaymiz, keyin esa nima bo'lishini bilmaymiz. Men havotir olmayman. Menga bizga qarshi chiqqan raqiblarga nisbatan hurmat va kamtarlik bilan ishlashimiz yoqadi. Mavsum oxirigacha shunday bo'ladi".

"Men qo'limdan kelgancha yaxshiroq ishlashga harakat qilayapman. Mendan kutayotgan haqiqatni ongli ravishda his qilayapman, lekin men hech narsani o'zgartirmoqchi emasman. Biz bu klubni qanchalar yaxshi ko'rishlarini bilamiz, bu shundayligicha bor. Siz natijadan farqli o'laroq boshqa biror narsaga tayinishingiz mumkin emas. Bu klub mening yuragimda, lekin men qaerda turganimni bilaman. Agar siz yutmasangiz, sizni uyga jo'natishadi, lekin bu menga orzu qilishga, qattiq ishlashga va yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni olishga harakat qilishga halaqit bermaydi".

"Men futbolni tushunishimni bilaman va bu eng muhim omil. Prezident va "Real Madrid" menga shu buyuk klubni shug'ullantirish imkonini berdi va men har kuni ishga shug'ullantirish uchun "shafqatsiz och" holatda kelaman. Odamlar menga nisbatan o'z fikrlariga ega bo'lishi mumkin, lekin men o'zgarishni xohlamayman. Men rivojlanishga harakat qilishga diqqatimni yig'ib olganman va bu meni olg'a chorlaydi, ayniqsa shu klubda bo'lgan holatda va bu mening professional hayotimda sodir bo'lgan eng yaxshi hodisa".

Krishtianu Ronaldu navbatdagi "Oltin to'p"ga yaqinlashdimi?

"Albatta, u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga yaqin. Bu uni shaxsiy hizmatlari uchun va u allaqachon bu sovrinni ko'p yutgan. lekin u keyingisiga yaqinlashmoqda. Uni hamma hurmat qiladi. "Real"ni barcha muxlislari, klubdagilar, tarafdorlari va murabbiy. Siz Krishtianu Ronalduni yaxshi ko'rasiz yoki yo'q. Buni o'rtasida hech kim bo'lmaydi".

"Men u bilan ko'p gaplashganman. U o'zini juda yaxshi biladi va u mavsumda hozirgacha 50 tadan ortiq o'yin o'tkazganini biladi, lekin shu o'yinlardan yig'ilgan charchoq bilan, endi u biroz dam olishi kerak. Men u bilan ko'p gaplashdim, xuddi qolgan barcha futbolchilar bilan shu ishni qilganimdek va agar biz ularni mavsumni yakuniy qismiga 100 foiz tayyor holatda kelishini xohlasak, ular ba'zida dam olishlari kerak. Bu futbolchilar bilan suhbat hodisasi".

4 ta yarimhimoyachi

"Biz bir tanlangan yo'lda boshladik va biz boshqasida tugatishimiz mumkin. Doim shunday bo'lgan. BBCxalqaro superyulduzlar, ular fantastik o'yinchilar hisoblanishadi, lekin fakt shundaki, biz o'yinni bitta uslubda boshlashimiz mumkin va agar o'yin shuni talab qilsa katta muvozanat bilan yakunlashimiz mumkin. Siz keng o'yinchilar bilan hujum qilishingiz va himoyalanishingiz mumkin, agar men o'zgartirish kiritsam, bu doim nafaqat himoyalanish, balki hujum qilish kerak degani emas".

Men BBC va hamma bilan xursandman. Ularni bari yaxshi ishlamoqda, BBCham. Biz yaxshi o'ynay olmagan paytimizda bir nechta o'yin bo'lgandi. Jamoani tanlash qiyin, chunki ularni barchasi buyuk o'yinchilar va ular fantastik ishni amalga oshirmoqda. BBC ham ajoyib ish qilishmoqda".

Morata

"U "Real" o'yinchisi va u o'sib-ulg'aygan klubiga juda sadoqatli".

"Bernabeu"da o'tgan Chempionlar Ligasidagi derbi oldidan chiqqan banner haqida

"Men har bir stadionda ko'plab bannerlar ko'rganman va bu futbolni bir qismi, Ular doim o'sha erda bo'ladi va qachonki ular sizga qarshi bo'lsa, sizni jahlingiz chiqadi. Lekin ular baribir bo'lishadi va bu siz o'zgartira olmaydigan jihatlardan biri".

Mbappe

"Unda o'zgacha mavsum o'tmoqda va qolgan barchasi suhbat uchun gapirishmoqda. Men qo'l ostimdagi futbolchilarga diqqatimni qaratganman va boshqa hech narsa emas. Men shug'ullantirmaydigan futbolchilar to'g'risida gapirish noto'g'ri".

BestMaster
7 May 2017, 18:04
zidan, agar, granadani, oson, maglub, etamiz, desak, xatoga, qoygan, bolamiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 51
12 3 ... 6 >>
 baxitjan1301  
Real alga
17 Aprel 2018, 22:39
dilshod717
 dilshod717  
Omad
26 May 2019, 14:58
dilshod717
 dilshod717  
Omad real
26 May 2019, 14:59
dilshod717
 dilshod717  
Gulla
26 May 2019, 14:59
dilshod717
 dilshod717  
Gulla
26 May 2019, 15:00
dilshod717
 dilshod717  
Gulla yawna
26 May 2019, 15:01
dilshod717
 dilshod717  
Gulla yawna
26 May 2019, 15:01
dilshod717
 dilshod717  
Olga real gazni bos
26 May 2019, 15:05
dilshod717
 dilshod717  
Olga real gazni bos
26 May 2019, 15:05
 antirealfcbuz  
Real yutqiz ulani gapiga quloq solma
8 Avgust 2020, 04:09
12 3 ... 6 >>
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads