19 yoshli skandinaviyalik futbolchi kelajagi haqida gapirib o'tdi.
"Madrid" yarimhimoyachisi Martin Edegor hozirgi kunda Gollandiya chempionati baxslarida "Xerenven" safida to'p surmoqda. Ushbu mavsumda norvegiyalik futbolchi jamoasi tarkibida 25 o'yinda maydonga tushib (2,183 daqiqa) 2 ta gol va 2 ta golga assistentlik qildi.
"Men "Xerenven" tarkibida mavsumni yaxshi yakunlashim uchun bor kuchim bilan harakat qilmoqdaman. Keyin "Real Madrid"ga qaytaman va mavsumoldi tayyorgarlikni ular bilan o'tkazaman. Qolganini keyinchalik kuzatamiz, kelajagim hozircha qorong'u. Yana ijaraga ketamanmi? Bunday bo'lishi ham mumkin, lekin hozirda buni gapiradigan payt emas. Eng asosiysi menga o'yin amaliyoti zarur", - deydi yarimhimoyachi.
Ma'lumot uchun, "Madrid" 2015-yil "Stremsgodseta" klubidan Edegorni 4 mln yevroga sotib oldi va hozirda yiliga unga 2-3 mln yevro maosh to'lab kelmoqda.
Bobojonov