"Yuventus" asosiy tarkibining yarmi "Qirollik klubi"ga qarshi uchrashuvda o'ymasligi mumkin.
"Yuventus" yarimhimoyachisi Sami Xedira Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Bugun aniqlangan ma'lumotga ko'ra Germaniya terma jamoasi sardori "Real"ga qarshi dastlabki uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin.
Ispanlarga qarshi baxsning 52-daqiqasida Xedira Tiago Alkantara bilan to'qnashib ketdi va oyog'i ushlagancha maydonda yotdi. Shifokorlar nazoratidan so'ng esa u darxol almashtirildi. Futbolchining o'zi hozircha twitter orqali hammasi joyida ekanligini ta'kidladi, lekin u nemislarning navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Hozirgi kunda "Yuve"ning "Real"ga qarshi baxsda Aleks Sandro, Jordjo Kellini, Xuan Kuadrado va Federiko Bernaderski (ikkalasi jarohat) uchrashuvda qatnashishi noma'lum, Miralem Pyanich va Mexdi Benatiyalar esa aniq baxsni jarohati sabab o'tkazib yuborishadi.
Bobojonov