Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos murabbiy Xulen Lopetegidan qisqa muddatli ta'til olgandi.
Ma'lumki, Ramosning hotini unga uchinchi o'g'ilni hadya etdi va bundan xursand bo'lgan futbolchi tezlik bilan ortga qaytib keldi.
“Serxio tarkibga qaytdi. Uning o'z ishiga bo'lgan mexri hammani quvontiradi. U o'g'lini ko'rib kelish uchun qisqa muddatga terma ixtiyorini tark etdi va tezlik bilan ortga qaytib, mashg'ulotlarga kirishdi”, - deya yozadi Ispaniya termasi Matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya – Argentina o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 28 mart kuni soat 00:30 da boshlanadi.