Jahon futbolining 3 nafar yulduzi «Real» klubi qiziqishlari doirasida turibdi.
"Qirollik klubi" Garet Beylni sotadigan bo'lsa, uning o'rniga qanotda harakat qiladigan hujumkor yarim himoyachi xarid qilishga harakat qiladi.
«Real» rahbariyati hozircha Muhammad Saloh («Liverpul»)ni uelslik futbolchining o'rnini bosishi mumkin bo'lgan ideal variant deb hisoblamoqda. Shuningdek, Neymar («PSJ») va Eden Azar («Chelsi»)ning nomzodlari ham ko'rib chiqilmoqda.
Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida Beyl 19ta o'yinda maydonga tushib, ularda 9ta gol urdi.