“Yuventus” klubi “Real”ga qarshi EChL chorak finali o'yinlaridan oldin jiddiy yo'qotishlarga uchradi.
Xususan, Mehdi Benatia va Miralem Piyanichlarning sariq kartochkalari borligi tufayli “Real”ga qarshi birinchi o'yinni o'tkazib yuborishlari ma'lum bo'lgandi. Endi esa Aleks Sandro terma jamoa tarkibida jarohat oldi. U ham “Real”ga qarshi birinchi o'yinda maydonga tusha olmaydi.
Bundan tashqari, Jorjo Kellini va Sami Xediralar ham terma jamoa safida jarohat orttirib olishdi. Katta ehtimol bilan ular ham “Real”ga qarshi o'ynay olishmaydi.