"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu madridliklar rahbarlariga yangi shart qo'ydi.
33 yoshli futbolchi yangi shartnomaga ko'ra yanada ko'proq maosh olishni istamoqda. "Madrid" prezidenti Florentino Peres Ronalduning maoshini 21 mlndan 30 mlngacha ko'tarishga tayyor, ammo bu taklif Krishtianuni qoniqtirmayapdi. Portugaliyalik futbolchi hozirgi kunda Messi va Neymardan kam maosh oladi va u yangi shartnomaga ko'ra har qanday xolatda ham Leo Messidan ko'proq maosh olishni xohlaydi.
Klub esa hozirda bu shartga tayyor emasligini ma'lum qilgan va hozircha talab o'rganib chiqilmoqda.
Bobojonov