“Real” a'zosi Luka Modrich faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, xitoy klublari xorvatiyalik futbolchini yozda xarid qilishmoqchi. Xitoyliklar Modrichga yiliga 40 mln evro miqdorida maosh taklif qilishyapti. Bu Modrichning “Real”da oladigan maoshidan bir necha barobar ko'pdir.