“Liverpul” klubi rahbariyati Muhammad Salohning maoshini oshirmoqchi. Maqsad — misrlik futbolchining “Real”ga o'tib ketishiga yo'l qo'ymaslik.
Endi Salohning maoshi haftasiga 200 ming funt sterlingga etadi. Futbolchi jamoadoshlaridan biriga mavsum yakunlanganidan so'ng “Real”ga o'tmasligini aytgan.