Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Misr termasi darvozasiga dubl qayd etganidan xabaringiz bor.
Bu gol 33 yoshli futbolchi uchun terma safidagi 80 va 81-gollari edi. Endilikda Ronaldu kechagi gollari sabab sobiq Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Kunisige Kamamato (80) ni gollar soni bo'yicha ortda qoldirdi va terma jamoasi safida gol urish borasida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Terma jamoada gol kiritish bo'yicha Krishtianudan oldinda Ferens Pushkash (84) va Ali Dai (Eron, 109) oldinda bormoqda.
Bobojonov