«Real», «Valensiya» va Ispaniya terma jamoalari sobiq darvozaboni Santyago Kanisares o'g'lidan ayrildi. Bu haqda u o'zining tvitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.
5 yoshli Santi so'nggi bir yarim yil davomida og'ir kasallik bilan kurashib keldi. Bir necha hafta muqaddam uning holati o'ta og'irlashgani haqida ma'lumotlar chiqqandi.
«O'g'lim Santi vafot etdi. Shu kungacha yaxshi tilaklar bildirib, qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman va o'ylaymanki, shu sababdan ham bu xabarni sizga etkazishimiz kerak deb hisobladim», – deb yozgan Kanisares.
Santi Kanisaresning uch farzandidan biri edi. Uni 2013 yilda Kanisaresning sobiq turmush o'rtog'i Mayte Garsiya dunyoga keltirgan. Sobiq oilaning shuningdek Sofiya ismli qizi ham bor.