«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xeaning transferi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
«Keylor Navas – «Real»ning darvozaboni. De Xea ham zo'r posbon, ammo u Manchesterda.
Bu klubning o'ziga xos xususiyati bor. U erda har mavsumda 50 futbolchi haqida so'z ketadi, ammo 1 yoki 2 futbolchi jamoaga keladi, undan ortig'i emas» - dedi Ronaldu.
Avvalroq, «Manchester Yunayted» De Xeani «Real»ga 60 mln funtga sotmagani haqida xabarlar chiqqan edi.