“Real” a'zosi Garet Beylning jamoadan ketishi oydinlashmoqda.
Uelslik futbolchi agar Zidan “Real”da qoladigan bo'lsa, jamoadan ketmoqchi. “Qirollik klubi” esa Beylni 130 mln evroga sotishga tayyor. Unga asosiy da'vogar “Manchester Yunayted” hisoblanadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, vaziyat Beylning foydasiga o'zgarishi mumkin. Ya'ni agar “Real” joriy mavsumda EChL g'olibiga aylana olmasa, Peres Zidanni iste'foga chiqarishi kutilmoqda.