Portugaliya terma jamoasi va "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 900-o'yinini o'tkazdi.
Portugaliya - Misr o'rtoqlik uchrashuvi 33 yoshli futbolchi uchun yubiley o'yin bo'ldi. Ronaldu 92 va 94 daqiqalarda gol urdi va terma jamoasiga g'alaba keltirdi.
Ronaldu faoliyati davomida 429 ta o'yinni "Real"da,292 o'yinni "MYu"da, 31 uchrashuvni "Sporting"da o'tkazgan. Portugaliya terma jamoasida 148 ta o'yinda qatnashgan.