"Real" "PSJ" hujumchisi Neymarni sotib olish fikridan qaytganicha yo'q.
UOL Esporte nashri xabariga ko'ra agent Pini Zaxavi Florentino Peresning shaxsan buyrug'iga ko'ra Braziliyaga uchib ketdi. U Neymar bilan shartnoma detallarini tahlil qiladi va "Real" prezidenti Florentino Peres unga shartnoma taklif etishga tayyor ekanligini ma'lum qiladi.
Shuningdek, agent moliyaviy jihatlari va qulayliklarni ham futbolchi bilan muzokara qilishi ko'zda tutilgan. Zaxavi anchadan beri Neymarning oilasi va uning otasi bilan yaxshi munosabat ekanligi ham hech kimga sir emas.
Bobojonov