«Roma» klubi sport direktori Ramon Monchi «Real»ning rimliklar darvozaboni Alison Beker borasida taklif bilan chiqqani haqidagi xabarga izoh berdi.
«Alison endi 26 yoshda, u hali o'sishda davom etadi. Uning darvozada turishi butun jamoaga hotirjamlik bag'ishlaydi. Biz uning o'yinidan qoniqmoqdamiz.
Alison borasida taklif tushdimi? Yo'q. Bu haqda ko'plab mish-mishlar bo'lmoqda, ammo «Roma» hech qanday taklif olgani yo'q», — deydi Monchi.