"Real" yarimhimoyachisi Kazemiro jurnalistlar bilan suhbatda EChL chorak finalida "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda Braziliya termasiga jamoadoshi Duglas Kostaga qarshi raqobati haqida hazilomuz fikr bildirdi.
Kazemirodan shunday so'radilar: "Tasavvur qiling, "Real" - "Yuventus" uchrashuvi, 85-daqiqa. Duglas Kosta qanot bo'lab boryapti, siz oxirgi himoyachi rolidasiz. Shu vaqtda jahon chempionati va Braziliya termasi haqida o'ylaysizmi?"
"Men uni ikkiga bo'lib tashlayman!", - deya javob berdi Kazemiro.
"Real" va "Yuventus"ning EChL chorak finali o'rtasidagi birinchi o'chrashuvi 3 aprel kuni Turinda, javob uchrashuvi 11 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.