"Real" yarimhimoyachisi Marko Asensio o'zini asosiy tarkibdan mosuvo qilgan bosh murabbiy Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.
Zidan yil boshida futbolchini jamoaning doim ham boshlang'ich tarkibda maydonga tushirmay qo'ygan edi.
"Adolatsizlik - bu vaziyatga to'g'ri kelmaydigan so'z. Zidan muammolar tufayli boshqa o'yinchilarni boshlang'ich tarkibga qo'ya boshladi. Boshlang'ich tarkibga tusha olmadimmi, bu mening aybim, mening ma'suliyatim.
Jamoa o'yinlari yaxshi emas, men esa etarli o'yin amaliyoti olmayotgan edim. Men o'zim tushgan oxirgi 10 daqiqada hamma narsa qilishga urindim. Bunday paytlarda ruhan kuchli bo'lish kerak. Zidan menga ishonchni singdirmoqda. amoa hujumda ham, himoyada ham jipslashib o'ynamoqda. Shu tarzda davom etishimiz kerak", - deydi Asensio.