«Real» prezidenti Florentino Peres vositachilarga yozda sotuvga qo'yilishi kutilayotgan futbolchilar narxi haqida ma'lumot bergan, deb xabar bermoqda «Bombardir».
Klub rahbari Iskoni 80 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor, Dani Sebalos — 30, Karim Benzema — 60, Keylor Navas — 20 million evroga narxlangan.
Garet Beylni esa Peres 120 million evroga sotish niyatida, ammo bu narxga xaridorlar topilmasa, 90 million ham etarli bo'ladi deb hisoblamoqda klub prezidenti.