«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatining qolgan qismi uchun maqsadini belgilab oldi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, «Oltin to'p»ning 5 karra sohibi Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar unvonini saqlab qolishga qattiq bel bog'lagan.
Ayni paytda, portugaliyalik bu turnirda 148ta o'yin o'tkazib, 117ta gol urgan. Uning asosiy ta'qibchisi, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hisobida 123ta o'yinda urilgan 100ta gol bor.