"Real" yarimhimoyachisi Lukas Vaskes ispan grandi safidagi faoliyati haqida gapirdi.
"Har doim "Real"da o'ynashni orzu qilganman. Bu erga qaytishni taklif qilishganda bu bir umrlik imkoniyatim ekanini his qildim.
"Real"da o'ynashdan xursandman. Bu jamoa meni o'yinchi sifatida shakllantirdi. BU erda uzoqroq qolmoqchiman", - deydi Vaskes.
Avvalroq, ispaniyalik 26 yoshli futblchiga "Liverpul" va "Arsenal" klublari qiziqayotgani xabar qilingan edi.