“Atletik” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga “Real” taklifiga rad javobini berganini tan oldi.
“Taklif bo'lgan payt ko'p o'ylashimga to'g'ri keldi, chunki bir harakat bilan to'liq faoliyatimni zaxira o'rindig'ida o'tkazishim mumkin edi.
Yaqinlarim va do'stlarimdan maslahat oldim va natijada qolishga qaror qildim. “Real”ga o'tmaganimdan xafa emasman. “Atletik”ga yana 8 yil bo'lsa ham yordam berishga tayyorman”, – dedi Kepa.