Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zini qanday ruhlantirishi haqida gapirib o'tdi.
“Har doim biz eng yaxshi ekanligimizga ishonib yashashimiz kerak deb o'ylayman. Doim o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yishda davom etish yaxshi holdat. Men doim o'zimga ishonaman va maydonda mendan yaxshisi yo'qligini bilaman.
O'tgan yil men uchun individual va klub bilan birga yaxshi va muvaffaqiyatli keldi. Birdaniga beshta sovrin, “Oltin To'p” va FIFA tomonidan eng yaxshi futbolchi bo'ldim”, – degan Krishtianu.