Bir nech yildirki, mamlakatimizda 9 – may Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda. Bunga ham, albatta mustaqilligimiz tufayli erishildi.
Inson xotirasi azizdir. Xalqimiz qadim qadimdan oʻtgan avlodlarni munosib xotirlab kelgan. Odamlar vafot etgan yaqinlari, qarindoshlari qabrlarini tozalab, atrofiga tol, terak, gul-u rayhonlar ekkan. Oʻtganlarning yaxshi fazilatlari eslanib, ularning ruhiga duoyi fotiha oʻqilgan. Demak, odamzodni boshqa jonzodlardan ajratib turadigan muhim jihatlaridan biri uning xotiraga ega ekanligidadir.
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g`urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko`karsa — ikkiga bo`lib tashlaydi
Yo`lining ustida tursa hatto tog`.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg`iz sen haqli!