Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichida «Real» klubi Italiyaning «Yuventus»iga qarshi to'qnash keladi. «Bernabeu»da o'tadigan javob o'yini oldidan madridliklar kichik muammoga duch kelishmoqda.
Taqvimga ko'ra, "Yuve" va "Real" o'rtasidagi dastlabki o'yin 3 aprel kuni Turinda bo'lib o'tadi. 8 aprel kuni esa "Qirollik klubi" Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida o'z uyida "Atletiko"ni qabul qiladi. Bu uchrashuvda Zidan shogirdlari katta kuch safrlashi kutilmoqda.
O'z navbatida "Yuventus" A seriya bahsini 7 aprel kuni "Benevento"ga qarshi o'tkazadi. Ya'ni, Allegri shogirdlari nisbatan kuchsiz raqibga qarshi maydonga tushadi hamda "Real"ga qarshi o'yin javob bahsi oldidan raqibga nisbatan bir kun ko'proq dam olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
"Real" va "Yuventus" o'rtasidagi javob o'yini 11 aprel kuni bo'lib o'tadi.