"Qirollik klubi" gol o'tkazish bo'yicha eng "yaxshi" mavsumlaridan birini o'tkazmoqda.
Raqamlar nima sabab "Real" chempionlik poygasida yo'q ekanligini ko'rsatmoqda. Hozirgi kunga kelib madridliklar turnir peshqadami "Barselona"dan naqt 15 ochko ortda qolmoqda va chempionlik uchun kurashdan ancha oldin chiqib ketgan edi. "qaymoqrang"lilar La Ligada 29 turdan so'ng 33 ta to'p o'tkazib yuborishgan.
So'nggi uchtasi esa "Jirona"ga qarshi uchrashuvda o'tkazib yuborildi. Va o'tkazilgan 3 ta gol ham ikkinchi qavatdan kiritildi, hozirgacha La Liganing hech bir klubi bitta uchrashuvda 2-qavatdan bunchalik ko'p gol o'tkazib yubormagan edi.
Shuningdek, "Qirollik klubi" 33 ta golning 10 tasini standard vaziyatlardan o'tkazib yuborgan. Shuni qo'shimcha qilish kerakki Zidan shogirdlari 29 uchrashuvda faqatgina 8 tasida o'z darvozasini golsiz saqlab qolgan, bu paytga kelib esa "Barselona" va "Atletiko" 18 ta o'yinda gol o'tkazib yubormadi.
Bobojonov