"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zini ayni paytda danyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblamoqda.
Bu haqida futbolchining o'zi Portugaliyaning 2017 yildagi eng yaxshi o'yinchisi sovrinini topshirish marosimida aytdi.
"Men hamon o'zimdan boshqa yaxshi futbolchi yo'qligiga ishonyapman. Biz eng yaxshi bo'lib qolishimizga ishonishimiz kerak. Har doim ko'prog'iga intilish kerak. O'tgan yil "Real" uchun tarixiy bo'ldi. Biz beshta sovrinni qo'lga kiritdik. Shuningdek, men "Oltin to'p" oldim, yana farzandli bo'ldim. Maydonda ham, undan tashqarida ham rekordlarga ko'nikib boryapman", - deydi Ronaldu.