«Barselona» klubi sobiq himoyachisi, hozirda «Yuventus»da o'ynayotgan Daniel Alves bugungi final oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. U ushbu jamoalar o'rtasida 1998 yilgi Evropa chempionlar ligasi finalini yodga oldi. O'shanda uchrashuvdagi yagona golni madridliklar futbolchisi Predrag Miyatovich ofsayddan urgandi.
«Real» hamma uchun favorit hisoblanmaydi. Bizning ular bilan o'zaro hisob-kitobimiz bor. Boisi, 1998 yilgi finalda ofsayddan urilgan gol evaziga g'alaba qozonishgandi", — dedi Alves.
«Real» himoyachisi Marselo terma jamoadagi jamoadoshining so'zlariga xotirjamlik bilan munosabat bildirdi.
«Biz e'tiborni faqat o'z o'yinimizga qaratganmiz va qanday o'ynash kerakligini bilamiz. Alvesning so'zlari bizni mutlaqo bezovta qilmaydi. Har bir futbolchi nima qilish kerakligini biladi», — dedi Marselo.