«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya soliq idorasi bilan jinoiy ishning yopilishi bo'yicha kelishuvga erisholmayapti.
Portugaliyalik futbolchining huquqshunoslari jarima va sud xarajatlari uchun 3,8 mln evro to'lab, jinoyat ishining yopilishini so'ragan edi.
Biroq, soliqchilar 14,8 million evro miqdoridagi qarzni to'liq to'lab berishni talab qilmoqdalar. Idora vakillarining fikriga ko'ra, Ronaldu 2011-2014 yillarda aynan shuncha miqdordagi soliqni to'lashdan bo'yin tovlagan.